Янгиликлар
12
HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro U.Romanovning muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab 2021-yil 8-sentabrda Urganch tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilganligi,
biroq markaz yoshga doir pensiya tayinlanlash masalasi o‘z vaqtida hal qilinmaganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish natijasida Urganch tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf qilish to‘g‘risida Xorazm viloyat bandlik bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritildi.
Qo‘llanilgan ta’sir chorasi natijasida Urganch tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining bildirgisi va Byudjetdan tashqari Urganch tuman bo‘limining 2022-yilning 30-mart sanasidagi tayinlangan pensiyani qayta hisoblash to‘g‘risidagi farmoyishi qabul qilinib, fuqaro U.Romanovga to‘lanmasdan qolgan 8 287 618 so‘m miqdorida pensiya to‘lovlari to‘lab berildi.