Янгиликлар
08
Huquqiy ma'rifat soati!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil qilindi.
Seminarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, adliya organlari va muasssasalaridagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari kuch va vositalarining doimiy shayligini ta’minlash hamda rahbariyat va xodimlarni yong‘in kelib chiqqan paytda va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish masalalari muhokama qilindi.
Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazilib, boshqarma xodimlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berib o‘tildi.