Янгиликлар
06
Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Gurlan tumanidagi fuqarolar M.Xolmetov, I.Otamuratova va Sh.O‘razmetovalarning Davlat kadastrlari agentligi viloyati hududiy boshqarmasi Yangibozor tuman bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlardan norozi bo‘lib qilgan shikoyatlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqarolarga ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan qabul qilingan qaror bo‘yicha ish yuritilishida bo‘lim tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda belgilangan tartibga asosan rioya qilmasdan, qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Shu sababli, fuqarolarga nisbatan chiqarilgan ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarorni bekor qilish bo‘yicha Davlat kadastrlari agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, ma’muriy javobgarlikka tortish haqidagi qarori bekor qilinishi ta’minlandi.