Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Tibbiyot xodimlari mehnat huquqlari qonun himoyasida!


Bog`ot tuman adliya bo`limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida tibbiyot xodimlarini dam olish kunlari ishga jalb qilinishi holatining qonuniyligi tahlil qilindi.
Tahlil natijasida tibbiyot birlashmasi xodimlariga dam olish (yakshanba) kunlari ishlaganlik uchun ikki hissa o`rniga bir hissa miqdorida haq to`lanib, 2020-yilda 841 nafar xodimlarga 1 mlrd. 289 mln. so`m, 2021-yilda 815 nafar xodimlarga 1 mlrd. 531 mln. so`m, jami 2 mlrd.  820 mln. so`m miqdoridagi ish haqi to`lovlari kam to`langanligi aniqlandi.  
Bugungi kunda holat yuzasidan tegishli ta’sir choralari qo`llanilib, ushbu summani undirish choralari ko`rilmoqda.