Янгиликлар
04
Fuqaroga kompensatsiya pullari to`lab berildi!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro Sh.Raxmanovaning “Xiva dehqon bozori” MCHJ hududida joylashgan do‘kon binosi buzililganligi munosabati bilan kompensatsiya berilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplab berilishida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida, fuqaroning do‘kon binosi joylashgan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilib, do‘kon binosi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan, fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro Sh.Raxmanovaga yetkazilgan 78.235.197 so‘m zarar Xiva shahar hokimligidan undirilishi yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilib, fuqaroning huquqlari tiklandi.