Янгиликлар
31
TADBIRKORNING BUZILGAN HUQUQLARI TIKLANDI
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Urganch tumani, Muqimiy ko`chasi 10-uyda yashovchi B.Babaniyazovning o`zi rahbarlik qilayotgan “Sanobar Barno Xajarbibi” oilaviy korxonasiga tegishli bo`lgan “Urganch buyum savdo kompleksi” MChJ hududida joylashgan 4 ta do`kon binosi tuman hokimligi tomonidan kelishuv shartnomasi tuzilmasdan buzilganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Murojaatni o`rganish natijasi bo`yicha oilaviy korxonaga tegishli bo`lgan Urganch tuman markaziy buyum bozorida joylashgan umumiy yer maydoni 48,60 va 18,75 kvadrat metr bo`lgan 2, 4, 5-do`kon binolari va umumiy yer maydoni 35 kvadrat metr bo`lgan bostirma buzib olinib, oilaviy korxonaga 63.917.878 so`m miqdorda zarar keltirilganligi aniqlangan.
Viloyat adliya boshqarmasi tomonidan keltirilgan zararni undirish bo`yicha Urganch tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, Urganch tuman hokimligidan oilaviy korxona foydasiga 63.917.878 so`mni undirish yuzasidan sudning qonuniy qarori qabul qilindi.