Янгиликлар
25
Tibbiyot xodimlariga ustama to‘lovlari to‘lab berildi
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni da’volash uchun vaqtinchalik shifoxonada faoliyat yuritadigan xodimlarga oylik maoshlarini to‘lash to‘g‘risida tegishli buyruqlariga asosan Xorazm viloyat Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tomonidan tibbiyot xodimlarga pul mablag‘larining hisob-kitob qilinishi tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga ko`ra koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan 27 nafar tibbiyot xodimlariga pul mablag‘lari hisob-kitob qilinmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Shularga asosan, adliya boshqarmasi tomonidan 2022-yilning 10-mart kuni viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga taqdimnoma kiritilib 27 nafar tibbiyot xodimlariga 2022-yilning fevral oyi uchun jami 78.967.995 so‘m pul mablag‘i hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.