Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Fuqaroga oylik ish haqlari undirib berildi!


Yangibozor tuman adliya bo'limi tomonidan Xorazm Suv ta'minoti MCНJ Yangibozor tuman bo'limi sobiq xodimlari D.Ismailov va A.Arnaboyevlarning bo'limda ishlab mehnat shartnomasi bekor qilingan bo'lsada, ish haqlari berilmaganligidan norozi bo'lib qilgan murojaatlari o'rganib chiqildi.
O'rganishda, bo'lim tomonidan fuqaro D.Ismailovning 2021-yil dekabr hamda 2022-yilning yanvar oylarida ishlagan davri uchun jami 2305830 so'm, fuqaro A.Arnaboyevning 2021-yil dekabr hamda 2022-yilning yanvar, fevral oylarida ishlagan davri uchun jami 1610338 so'm miqdoridagi ish haqlari o‘rganish kuniga qadar to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan adliya organlariga belgilab berilgan vazifaga asosan huquqni qo'llash amaliyotini izchil va bir xilda ta'minlash choralarini amalga oshirilishi natijasida, murojaat mualliflarining ish haqlarini hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.