Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Fuqaro ishga tiklandi!


Tuproqqalʼa tuman adliya boʼlimi tomonidan fuqaro D.Qurbonovning, Pitnak  avtomobilsozlik  kollejidan ishdan  bo‘shatilganligidan norozi bo‘lib  qilgan  murojaati o‘rganib chiqildi.
O‘rganishda, Mehnat qonunchiligi talablari buzilganligi aniqlanib, holat yuzasidan kolleji rahbari nomiga taqdimnoma kiritildi.
Biroq, kollej mazkur taqdimnoma  ijrosi  bo‘yicha zarur  hujjatlar  taqdim  qilinmaganligi  sababli bo‘lim  tomonidan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 1984-moddasiga asosan ma’muriy  bayonnoma  rasmiylashtirilib,  jinoyat ishlari  bo‘yicha  Tuproqqal’a  tuman  sudiga  yuborildi va sudning qaroriga asosan kolleji  rahbariga nisbatan  ma’muriy  jarima qo‘llanildi.
Shuningdek, “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi 49-k-sonli buyruqni bekor qilish  va fuqaroni ishga qayta tiklash yuzasidan Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Bog‘ot  tumanlararo  sudiga  da’vo arizasi  kiritildi.
Sud qaroriga asosan fuqaro ishga tiklanishi  va  majburiy  bekor  yurgan  kunlari  uchun  8.562.181 so‘m ish  haqi  hamda 2.500.000  so`m ma’naviy  zarar  undirildi.