Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

1010 nafar ishchi-xodimlarning oylik ish haqlari to`lab berilishi ta'minlandi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi 3666-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar sifatida vazirlik va hududiy adliya organlariga jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida murojaatlarni ko‘rib chiqish, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha choralar ko‘rish vakolatlari berilgan.
Shu munosabat bilan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi va uning quyi tizimidagi korxonalar tomonidan ishchi xizmatchilarning oylik maoshini o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi ahvoli ma’lumotlarni olish yo‘li bilan monitoring qilinganda, korxonalar tomonidan 2022-yilning yanvar oyidan bir qator ishchi-xizmatchilarning oylik maoshi hisob-kitob qilinmasdan qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Xususan, hududiy boshqarmaning 2022-yilning 7-fevraldagi taqdim qilgan ma’lumotiga asosan boshqarmaning quyi tizimidagi Xorazm Ko‘priklardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan 142 nafar ishchi xizmatchilarning 
2022-yilning yanvar oyi ish haqidan bo‘lgan qarzdorligi 298715,00 so‘mlik, Urganch TYFUK tomonidan 97 nafar ishchi xizmatchilarga 150125,00  so‘mlik, Xiva  tomonidan 93 nafar ishchi xizmatchilarga 185421,00 so‘mlik, Shovot TYFUK tomonidan 87 nafar ishchi xizmatchilarga 237145,00 so‘mlik, Qo‘shko‘pir TYFUK tomonidan 89 nafar ishchi xizmatchilarga 153498,00 so‘mlik, Yangibozor TYFUK tomonidan   73   nafar   ishchi   xizmatchilarga  161 452,00  so‘mlik,   Gurlan  TYFUK 
 tomonidan   82  nafar   ishchi    xizmatchilarga   201 452,00  so‘mlik,  Xonqa  TYFUK tomonidan 77 nafar ishchi xizmatchilarga 182154,00 so‘mlik, Yangiariq TYFUK tomonidan 74 nafar ishchi xizmatchilarga 181245,00 so‘mlik, Bog‘ot TYFUK tomonidan 100 nafar ishchi xizmatchilarga 151245,00 so‘mlik, Xazorasp TYFUK tomonidan 96 nafar ishchi xizmatchilarga 181415,00 so‘mlik hamda Tuproqqal’a TYFUK tomonidan 94 nafar ishchi xizmatchilarga 220457,00 so‘mlik jami 1010 nafar xodimlarga 2.304.324.00 so‘mlik oylik maoshlari to‘lanmasdan kelinayotganligi ma’lum bo‘ldi.  
Aniqlangan holatlar yuzasidan Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan taqdimnomaga asosan viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi va uning quyi tizimidagi  korxonalarning 1010 nafar ishchi xizmatchilarining 2304324,00 so‘mlik oylik ish haqlarini hisob-kitob qilinishi ta’minlandi.