Янгиликлар
11
“Аdolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari ishtirokida seminar mashg‘uloti tashkil qilindi!
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi qoshida “Аdolat” milliy huquqiy axborot markazi tashkil etilgan bo‘lib, markaz aholi va ijrochilarga jamiyatda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan huquqiy axborotlarni hamda targ‘ibot materiallarini tayyorlash va tezkor tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini rasmiy e’lon qilish sohasida respublikaning yetakchi davlat muassasasi hisoblanadi.
Shu munosabat bilan joriy yilning 11-mart kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasida “Аdolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish hamda lex.uz huquqiy axborot izlash tizimidan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari Milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik va imkoniyatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan belgilangan tartibda javob berildi.