Янгиликлар
02
SPORT - SOG`LIK GAROVI!
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan sportni yanada rivojlantirish bo`yicha mehnat jamoalari o`rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o`tkazish belgilangan.
Shunga muvofiq, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan sog`lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportni keng targ`ib qilish, adliya organlarida ishlovchi xodimlarning sport bilan muntazam shug`ullanishini ta’minlash maqsadida suzish bo`yicha sport musobaqasi o`tkazildi.
Musobaqa Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida sportning suzish turi bo`yicha umumbelgilangan talablar asosida jahon standartlariga mos tarzda o`tkazildi.
Musobaqada viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimidagi adliya organlarida ishlovchi xodimlar ishtirok etdi.
Аlbatta, sport bu nafaqat jismoniy harakat yoki sog`lik, balki insonga motivatsiya beruvchi, ruhlantiruvchi va boshqa ko`p taraflama ijobiy ta’sir qiluvchi omillardan biridir.