Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya aralashgach!


Gurlan tuman adliya bo’limi tomonidan fuqaro A.B.ning tug’ish ta’tili pullari tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan to’lab berilmayotganligidan norozi bo’lib qilgan og’zaki murojaati ko’rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Gurlan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig’ining “Homiladorlik va tug’ruq ta’tili to’g’risida”gi buyrug’iga asosan fuqaro A.B. tug’ish ta’tiliga chiqarilib, birlashma tomonidan xodimga tug’ish ta’tili uchun 15.257.000 so’m miqdorida ta’til pullari hisoblangan. 
Biroq, ushbu hisoblangan ta’til pullari bugungi kunga qadar to’lanmasdan kelingan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan, Gurlan tuman tibbiyot birlashmasiga fuqaroga to’lanmasdan turgan 15.257.000 so’mlik ta’til pullari to’lab berish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaroga ta’til pullari to’liq to’lab berildi.