Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha umummilliy imtihon o‘tkaziladi


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilingan.
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkaziladi.
 Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo‘lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.
Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15 fevraldan 28 fevralga (shu kuni ham) qadar ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Imtihon ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich – onlayn test, 1 mart soat 09.00 dan 13.00 gacha bo‘lib o‘tadi.
 2-bosqich – suhbat, 4 mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3 nafar g‘olib aniqlanadi.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o‘tkazing va sovrinlarni qo‘lga kiriting!