Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Har bir murojaat e'tiborda!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Tuproqqal'a tumanidagi 10 va 20-son umumiy o'rta-ta'lim maktabi rus-tili fani o'qituvchilari S.Boltayeva va G'.Bekturdiyevlarning tuman Xalq ta'limi bo'limi xodimlarining  xatti-harakatlaridan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19- maydagi “O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5117-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarining kamida S1-darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o'qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo'shimcha ustama haqi to'lab borilishi ko'rsatilgan. 
Biroq, Tuproqqal'a tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan 2021-yil 17-noyabr kuni taqdim qilgan ma'lumotiga asosan S1-darajadagi sertifikatga ega bo'lgan rus-tili fani o'qituvchilari S.Boltayevaga 2.135.519 so'm hamda  G'.Bekturdiyevga 2.307.064 so'm jami 4.442.583 so'm pul mablag'i asossiz ravishda to'lanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Tuproqqal'a tuman Xalq ta'limi bo'limiga taqdimnoma kiritilib, S.Boltayeva hamda G'.Bekturdiyevlarga to'lanilishi belgilangan 4.442.583 so'm pul mablag'i hisob-kitob qilinishi ta'minlandi.