Янгиликлар
01
FUQAROGA YOSHGA DOIR PENSIYA TAYINLANASHI TA’MINLANDI!
Xonqa tuman adliya bо‘limi tomonidan Xonqa tumani, “Madaniy yer” mahallasi, A.Yassaviy ko‘chasi 90-uyda yashovchi fuqaro A.Kabulovning 58 yoshga tо‘lganligi va jami 37 yil ish stajiga ega ekanligi, biroq 2021-yil 8-sentabrdan “Xorazm suv ta’minoti” MCHJ Xonqa tuman bo‘limida ishchisi lavozimidan shtat birligi qisqartirilgan bо‘lsada muddatidan oldin yoshga pensiyaga chiqarilmaganligidan norozi bо‘lib qilgan murojaati kо‘rib chiqildi.
Murojaat yuzasidan olib borilgan о‘rganish ishlari natijasida “Aholi bandligi tо‘g‘risida”gi Qonunning 49-moddasi va “Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risida” gi Yo‘riqnoma (07.01.1999 yilda 588-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) ga asosan tuman aholi bandligi tomonidan tuman Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga fuqaro A.Kabulovni muddatidan oldin pensiya tayinlash yuzasidan taqdimnoma kiritilishi ta’minlandi.
Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Xonqa tuman bo‘limi tomonidan taqdimnoma natijasiga ko'ra fuqaro A.Kabulovga muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlash bo‘yicha 2022-yil 18-yanvardagi 3491-sonli qaroriga asosan 37 yil 1 oy ish staji bilan 1.073.528 so‘m miqdorida yoshga doir pensiya tayinlanashi ta’minlandi.