Янгиликлар
27
Yuristlar malakasini oshirish faoliyati
Adliya boshqarmalari huzuridagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlarining malakasi oshirilmoqda.
Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Xorazm viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Unda xizmat jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarda yuridik xizmat xodimining ishtiroki, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, mehnat munosabatlarida taraflarning huquq va majburiyatlari kabi mavzularda oʻquv mashg'ulotlari olib borilmoqda.