Янгиликлар
26
O‘QITUVCHILARIGA 69.525.049 SO‘M MIQDORIDAGI USTAMA PULLARI TO‘LAB BERILISHI TA’MINLANDI!
Hazorasp tuman adliya bo‘limi tomonidan, tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta talim maktablarida ishlovchi xorijiy tillar o‘qituvchilariga Oʿzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ 5117-sonli qarori yuzasidan C1 darajadagi yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikati yuzasidan ustamalar to‘lanishi bo‘yicha murojaatlari o‘rganildi.
O‘rganish natijasiga ko‘ra, murojatlar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga da’vo arizalar kiritilib, sudning qaroriga asosan C1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatiga ega bo‘lgan 12 nafar xorijiy tillar o‘qituvchilariga 69.525.049 so‘m miqdoridagi to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama haqi pullari to`liq to‘lab berilishi ta’minlandi.