Янгиликлар
24
23 NAFAR XODIMLARGA 210 763 301 SO'M OZIQ OVQAT VA MUKOFOT PULLARI UNDIRIB BERILDI!
“O'zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo'mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag'batlantirish shartlari va tartibi to'g'risida”gi Nizom talablariga rioya etilishi tahlili monitoring yo'li bilan o'rganildi.
O'rganish natijasiga ko'ra bo'limning 23 nafar xodimlariga 2021 yil davomida jami 210 763 301 so'm moddiy rag'batlantirish (oziq-ovqat,mukofot) pullari to'lab berilmaganligi aniqlandi.
Tuproqqal'a tuman adliya bo'limi tomonidan ushbu fuqarolarning manfaatida Fuqarolik ishlari bo'yicha Bog'ot tumanlararo sudiga sud buyrug'i chiqarish to'g'risidagi arizalar kiritildi.
Natijada Tuproqqal'a tuman adliya bo'limining arizasi sud tomonidan qanoatlantirilib, Tuproqqal'a tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limining 23 nafar xodimlariga 210 763 301 so'm oziq ovqat va mukofot pullari undirilib berilishi ta'minlandi.