Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

FUQARONING BUZILGAN HUQUQI TIKLANDI!


Urganch tuman adliya bo‘limi tomonidan Urganch tumani, “Bekobod” qishlog‘i, “Rovot” mahallasi, Serg‘ayrat ko‘chasi, 11-uyda yashovchi fuqaro A.Erjanovning Urganch tuman hokimining 2020-yil 6-apreldagi 971q-sonli qarorining 2-bandidagi “Urganch tuman hokimining 2019-yil 22-may kunidagi qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi" qismini xaqiqiy emas deb topishda amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Urganch tuman hokimining 2019-yil 22-may kunidagi 3683k-sonli qaroriga asosan, fuqaro A.Erjanovga Urganch tumani, “Bekobod” qishlog‘i, “Rovot” mahallasi hududidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan umumiy yer maydoni 181,5 kv.metr bo‘lgan turar joy binosiga mulk huquqi e’tirof etilib, fuqaro ushbu turar joyda yashab kelganligini, biroq, Urganch tuman hokimining 2020-yil 6-apreldagi 971k-sonli qarori qabul qilinib, unda Urganch tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining 2019-yil 6-mart kunidagi taqdimnomasi va hokimlikda o‘tkazilgan 2020- yil 30-martdagi 48-sonli yig‘ilish bayoni asos kilingan holda, tuman hokimining 2019-yil 22-may kunidagi 3683q-sonli qarori qonunga zir ravishda sud tartibida ko‘rilmasdan bekor qilingan.
Mazkur Murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, Urganch tuman hokimligining ushbu xarakatlari “Ma’muriy tartib taomillari” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniniga zid bo‘lganligi sababli, fuqaro A.Erjanovning manfaatini ko‘zlab Urganch tumanlararo Ma’muriy sudiga “Urganch tuman xokimining 2020-yil 6-apreldagi 971q-sonli qarorining 2-bandidagi “Urganch tuman hokimining 2019-yil 22-may kunidagi qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi" qismini xaqiqiy emas deb topish” to‘g‘risida ariza kiritilib, 2021-yil 23-dekabrda sudning hal qiluv qaroriga asosan fuqaroning talabi qanoatlantirildi.