Янгиликлар
20
ADLIYA ARALASHGACH!
Urganch shahar, Al-beruniy ko'chasi, 63-uyda yashovchi fuqaro S.Raximovning tuman hokimining 2021-yil 16-iyul kungi 7-12/173-Q/21-sonli qarorini bekor qilishda amaliy yordam berishni so'rab qilgan murojaat Urganch tuman adliya bo'limi tomonidan ko'rib chiqildi.
Murojaatni ko'rib chiqish jarayonida tuman hokimining 2021-yil 16-iyul kuni 7-12/173-Q/21-sonli qarori qabul qilinib, unda tuman prokuraturasining 2021-yil 30-iyundagi 10.02-121-2139-sonli protesti asos qilingan holda, hokimning 2021-yil 29-aprel kungi 972-q-sonli qarori O'zbekiston Respublikasining “Mamuriy tartib-taomillar to'g'risida”gi Qonuniga zid ravishda sud tartibida ko'rilmasdan bekor qilingan.
Aniqlangan qonunbuziilsh holatlari yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan tuman hokimining 2021-yil 16-iyul kuni 7-12/173-Q/21-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish to'g'risida Urganch tumanlararo mamuriy sudiga ariza kiritilib, sudning 2021-yil 24-noyabr kungi hal qiluv qaroriga asosan tuman hokimining ushbu qarori haqiqiy emas deb topilib, fuqaroning talabi qanoatlantirildi.