Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

FUQAROGA USTAMA HAQLARI TO`LAB BERILISHI TA'MINLANDI!


Bog’ot tuman adliya bo‘limiga tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi fuqaro R.S. lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya bo`limi tomonidan tuman xalq ta'limi bo`limiga fuqaro R.Sga 30 975 508 so‘m miqdoridagi ustama haqi to`lab berilishi to`g`risida taqdimnoma kiritlib, taqdimnoma natijasiga ko’ra fuqaroga ustama haqlari to`lab berilishi ta'minlandi.