Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

O'QITUVCHI FOYDASIGA 55 mln SO'M UNDIRILDI!


Shovot tuman adliya bo‘limiga tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi fuqaro R.Sh. lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama haqi to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4306-son qarorining 5-bandi “g” kichik bandida ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz va asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g‘oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi to‘lanishi belgilangan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Shovot tuman xalq ta’limi bo’limidan fuqaro R.Sh.ga to‘lanmagan 55.039.000 so’m qiymatdagi ustama pullarini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudiga ariza kiritilib, murojaatni qanoatlantirish bo‘yicha sud buyrug‘i chiqarildi.