Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

FUQAROGA KREDIT OLISHDA AMALIY YORDAM KO’RSATILDI!


Urganch tumanida yashovchi fuqaro G‘.Raximov “Har bir oila tadbirkor” dasturi bo‘yicha kredit olish uchun  ATB Mikrokreditbank” Karaul filialiga kredit ajratish uchun tegishli hujjatlarni topshirgan. 
Biroq unga kredit ajratilmagan. Bundan norozi bo‘lgan fuqaro kredit olishda amaliy yordam so‘rab Urganch tuman adliya bo‘limiga murojaat qilgan.
Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida Urganch tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan ATB “Mikrokreditbank” Karaul filiali tomonidan taqdim qilingan 2021-yil 6-iyuldagi 01-son memorial orderga asosan, “Har bir oila tadbirkor” dasturi bo‘yicha fuqaroga zarur bo‘lgan bank kredit summasi, ya’ni 24 000 000 (yigirma to‘rt million so‘m) so‘m fuqaro G‘.Raximovning ssuda hisob raqamidan Urganch tumanidagi “Xorazm leader parranda” MChJning hisob raqamiga o‘tkazib berilib, fuqaroning talabi qanoatlantirildi.