Янгиликлар
27
NAVBATDAGI SAYYOR QABUL YANGIARIQ TUMANIDA O`TKAZILDI!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari I.Nazarov tomonidan Yangiariq tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o'tkazilib, aholini qiynab kelayotgan muammolar o`rganilib, huquqiy maslahatlar berildi.
Sayyor qabulda asosan fuqarolar tomonidan uy-joy mulkdorligi, sud-huquq tizimi borasidagi sohadan iborat bo`ldi.
Qabulda tumandagi mavjud korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, murojaatlar atroflicha o'rganilib, 7 ta murojaat ko'rib chiqish uchun nazoratga olindi, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etilishi ta’minlandi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlari yo`lida bu boradagi sayyor qabullar muntazam ravishda o`tkazilib kelinmoqda.