Янгиликлар
24
ADLIYA ARALASHGACH!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro D.Nurmetovning Shovot tumani Usta Sodiq ko‘chasida joylashgan noturar joyni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma berilmayotganligidan norozi bo'lib qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
Murojaatni o‘rganish davomida, fuqaro D.Nurmetovning 2021-yil 9-noyabr kuni va 2021-yil 23-noyabr kuni Shovot tumani Usta Sodiq ko‘chasida joylashgan noturar joyini qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun ruxsatnoma olish masalasida qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqilishida Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Shovot tuman filiali tomonidan qonunbuzilishi holatlari sodir etilganligi aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Shovot tuman filiali mas’ul xodimiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi, shuningdek, viloyat adliya boshqarmasining qonuniy aralashuvi bilan noturar joyni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish uchun 2021-yil 20-dekabr kuni Shovot tuman qurilish bo‘limi tomonidan 1733230-26674-sonli ruhsatnoma berilishi ta’minlandi.