Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA!


Gurlan tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 39-umumiy o'rta ta'lim maktabi ish yurituvchisi D.Jumanovaning 2019-2021 yillarda kotiba lavozimida ishlagan davrida 5-razryaddan ish haqi to'lanmasdan 2-razryad bo'yicha ish haqlari to'langanligidan norozi bo'lib tuman adliya bo'limiga qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, Gurlan tumani 39-umumiy o'rta ta'lim maktabining kotibasi D.Jumanovaga 2019-yil sentyabr oyidan 2021-yil sentyabr oyiga qadar yagona tarif setkasi bo'yicha 5-razryaddan to'lanishi lozim bo'lgan jami 1.990.668 so'mlik oylik ish haqlari to'lanmasdan qolgan.
Murojaat natijasiga ko'ra Gurlan tuman Xalq ta'limi bo'limiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnoma kiritildi.
Mazkur kiritilgan taqdimnomaga asosan fuqaro D.Jumanovaga to'lanmasdan turgan 1.990.668 so'mlik oylik ish haqlari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.