Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

“Har kunlik huquq” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi!


Joriy yilning 21-dekabr kuni viloyat adliya boshqarmasi hamda Urganch shahar adliya bo'limi bilan birgalikda shaharda joylashgan 5-son umumiy o'rta-ta'lim maktabida “Har kunlik huquq” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Mazkur tadbir yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish hamda ularning kundalik hayotida muhim sanalgan qonunchiligimizdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida umumta'lim muassasalari o'quvchilari uchun tayyorlangan “Har kunlik huquq” nomli qo'llanma ishtirokchilarga tarqatildi.
Ochiq muloqot va savol javoblarga boy bo'lgan mazkur targ'ibot tadbiri yoshlarning huquqshunoslik sohasiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirdi.