Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

ADLIYA ARALASHGACH!


Urganch shahar adliya bo'limi tomonidan Urganch shahar, Abay ko'chasi, 131-uyda yashovchi fuqaro X.Sharipovaning, Urganch shahar xalq ta'lim bo'limiga qarashli 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 2020-yil 7-oktabrdan kadrlar bo'yicha inspektor lavozimida ishlab kelayotgan davrida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-sonli qaroriga asosan oylik maoshi 6-razryaddan to'lanishi lozim bo'lsada, hozirgi kunda 3-razryadda to'lanib kelinayotganligidan norozi bo'lib, oylik maoshini 6-razryadda qayta hisob-kitob qilib to'lanishi yuzasidan amaliy yordam berishni so'rab qilgan murojaati o'rganildi.
Aniqlanishicha, X.Sharipova Urganch shahar xalq ta'limiga qarashli 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining 2020-yil 7-oktyabr kungi 108-sonli buyrug'iga asosan kadr inspektor lavozimiga ishga qabul qilingan bo'lsada, unga 2020 yil 7 oktabr kunidan joriy yilning 20- oktabr kuniga qadar 6-razryaddan oylik maosh to'lanmasdan kelinayotganligi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 
6-sentyabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan “O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga saqlanadigan tashkilotlarda band bo'lgan xizmatchilarning keng tarqalgan lavozimlari xodimlari ayrim toifalari mehnatiga haq to'lash bo'yicha razryadlar” 4-ilovaga muvofiq oliy ma'lumotli muhandislar, mutaxassislar va inspektorlarga 7-razryada hamda oliy ma'lumotli bo'lmagan mutaxassislar va inspektorlarga 6-razryada haq to'lanishi belgilangan.
Shunga k'ora, shahar adliya bo'limi tomonidan fuqarolik ishlari bo'yicha Urganch tumanlararo sudiga ariza kiritilib, sud buyrug'iga asosan X.Sharipovaga jami 2.441.000 so'm bo'lgan ustama pullari to'liq to'lab berilishi ta'minlandi.