Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Fuqaroga ishsizlik nafaqasi to`lab berilishi ta`minlandi!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tumani, Ostona qishlog'ida yashovchi fuqaro M.Bobojonovning Yangiariq tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimlarining xatti-harakatlaridan norozi bo'lib qilgan murojaati ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro M.Bobojonov tomonidan 2021 yilning 15 fevral kuni Yangiariq tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga ishsizlik nafaqasini berishni so'rab ariza bilan murojaat qilgan.
Markaz tomonidan fuqaroning taqdim qilgan hujjatlari ko'rib chiqilib, natijasi bo'yicha direktorning 2021 yilning 24 fevral kuni shaxsni ishsiz deb e'tirof etish to'g'risida 246-sonli buyrug'i chiqarilgan va fuqaroga ishsizlik nafaqasi 2021 yilning 19 fevral kunidan boshlab jami 1.494.599 so'mlik ishsizlik nafaqasi tayinlanib to'langan.
Lekin, markaz tomonidan fuqaro M.Bobojonovga ishsizlik nafaqasini tayinlashda fuqaroning avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yildagi o'rtacha oylik ish haqiga nisbatan foizda belgilanmasdan, mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida belgilangan.
Natijada mazkur holat fuqaroning murojaati bo'yicha qayta hisob-kitob qilinganda Yangiariq tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan 5.504.401 so'm miqdoridagi ishsizlik nafaqasi to'lanmasdan kelinganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Yangiariq tuman Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan fuqaro M.Bobojonovga to'lanmasdan qolingan 5.504.401 so'm pul miqdoridagi ishsizlik nafaqasini to'latish choralarini ko'rish bo`yicha Xorazm viloyat Bandlik bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritilib, uning muhokama natijasiga ko`ra fuqaroga ishsizlik nafaqasi to`lab berilishi ta`minlandi.