Янгиликлар
16
Fuqaroga asossiz ravishda to'lanmasdan kelinayotgan pul mablag'lari to'liq to'lab berildi!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Xivaneftgazkurilish” unitar korxonasida faoliyat ko`rsatgan fuqaro B.Muratovning korxonasi tomonidan unga oylik maoshi asossiz ravishda to`lanmasdan kelinayo`tganligidan norozi bo`lib qilgan murojaati ko`rib chiqildi.
Aniqlanishicha, fuqaro B.Muratovga “Xivaneftgazkurilish” unitar korxonasi tomonidan 2021 yilning iyul oyidan 1 noyabr kuniga qadar 9.164.000 so`m pul mablag`ini hisob-kitob qilishi belgilangan.
Lekin korxona tomonidan bugungi kunga qadar fuqaro B.Muratovga uning olg`idor oylik maoshidan hosil bo`lgan 9.164.000 so`m pul mablag`i asossiz ravishda hisob-kitob qilinmagan.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi, Kodeksning 161-moddasida mehnatga haq to‘lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo‘lishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi to‘lashning boshqa muddatlari belgilab qo‘yilishi mumkinligi qayd qilingan.
Shu yuqoridagilarga asosan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro B.Muratovga to'lanilishi lozim bo'lgan 9.164.000 so'm pul mablag'ini to'lash choralarini ko'rish bo`yicha “Xivaneftgazkurilish” unitar korxonasiga taqdimnoma kiritilib, uning muhokama natijasiga ko`ra korxona tomonidan fuqaroga 9.164.000 so'm pul mablag'i to`lanilishi ta`minlandi.