Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kadastr agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv!


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Kadastr Agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi binosida boshqarma va tuman (shahar) bo'limlari mas'ul xodimlari ishtirokida seminar trening bo'lib o'tdi.
Mazkur seminar treningda Agentlikning tuman (shahar) bo'limlari ma'muriy amaliyot bilan shug'ullanuvchi mas'ul shaxslariga O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksiga asosan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risida bayonnoma tuzish hamda ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida sohaga mas'ul shaxslarning amaliyotda ma'muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritilishida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni yechimlari to'g'risida fikr mulohazalar bildirildi.