Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati”


Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 2-dekabr kuni viloyatimizda faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirokida “Konstitutsiya – huquq va erkinligimiz kafolati” mavzusida seminar-trening mashg'uloti bo'lib o'tdi. 
Mazkur tadbirda bosh Qonunimizning yaratilishi tarixi hamda Konstitutsiyamizning bugungi kungacha bo'lgan o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirish berildi. 
Shu bilan birga, ushbu targ'ibot tadbiri jarayonida mahalla fuqarolar yig'inlari raislarining huquqiy bilimini sinash maqsadida Konstitutsiyamiz bo'yicha ishlab chiqilgan 20 ta savoldan iborat bo'lgan test sinovlari o'tkazildi.
Test sinovlari natijasiga ko'ra, Tuproqqal'a tumani “Muhabbat” mahalla fuqarolar yig'ini raisi YU.Jumanazarov tadbir g'olibi sifatida e'tirof etilib, unga viloyat adliya boshqarmasining esdalik sovg'asi topshirildi.