Янгиликлар
02
“Korrupsiya – rivojlanishimizga to'siq!”
Joriy yilning 2-dekabr viloyat adliya boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi hamda Yoshlar ishlar agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o'qituvchi va talabalari ishtirokida “Korrupsiya – rivojlanishimizga to'siq!” mavzusida ko'rgazmali davra suhbati o'tkazildi.
Ochiq muloqat tarzida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida korruptsiya atamasining mohiyati, turlari, oqibatlari, javobgarlik masalalari, korruptsiyaga qarshi kurash bo'yicha miliy va xalqaro qonunchilik, korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha faoliyatni bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning oldiga qo'yilgan vazifalar haqida yig'ilish ishtirokchilariga tushuntirishlar berildi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu tadbir korruptsiyaga qarshi kurashda ham amaliy, ham ilmiy hamda nazariy jihatdan foydali bo'ldi.