Янгиликлар
01
Prezident hujjatlari va topshiriqlari ijrosi – eng ustuvor vazifa!
Ma’lumki, Davlatimiz Rahbarining 2021 yil 10 fevraldagi “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonlari bilan adliya organlari zimmasiga yana bir muhim vazifa – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.
Mazkur Farmon asosida har bir Prezident hujjati va topshirig‘i ijrosi yagona elektron tizim – “Ijro.gov.uz” tizimi orqali Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
O’z navbatida, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ham mazkur yo‘nalish bo‘yicha joriy yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2021 yilning 9 oyi davomida boshqarmaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi tomonidan mazkur yo‘nalish bo‘yicha jami 55 ta taklif ishlab chiqildi.
Shuningdek, jami 6 ta o‘rganish, 20 ta monitoring tadbiri o‘tkazildi va o‘tkazilgan o‘rganishlar (monitoring)lar davomida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bilan bog‘liq 881 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 12 ta taqdimnoma ta’sir chorasi kiritildi hamda taqdimnomalarga asosan 36 nafar mansabdor shaxsning intizomiy javobgarlik masalasi hal qilinib, fuqarolarga 512,969,200 (besh yuz o‘n ikki million to‘qqiz yuz oltmish to‘qqiz ming ikki yuz) so‘m mablag‘ to‘lab berilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, aybdor mansabdor shaxsning ma’muriy javobgarlik masalalari ham belgilangan tartibda hal qilib borilmoqda.
Shuningdek, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi bo‘yicha bo‘lim tomonidan 9 og‘zaki huquqiy targ‘ibot tadbirlari, 14 marotaba marotaba ommaviy axborot vositalarida (shundan televideniyada 5 marotaba) huquqiy targ‘ibot tadbirlari 9 marotaba o‘tkazildi.
Xususan, televideniya orqali “Ikkinchi yo‘nalish”, “Prezident qarorlari hayotda va nazoratda” ruknlari ostida ko‘rsatuvlar suratga olindi.
Shuningdek, Farmonga asosan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi sessiyalarida muhokama qilish hamda to‘liq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki umuman ijrosini ta’minlamagan rahbar va xodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining 2021 yil 28 apreldagi 26-131-son qarori bilan “Ijro.gov.uz” tizimi orqali yuborilgan topshiriqlar ijrosi bajarilishida belgilangan muddatlarga rioya qilmasdan, ijro intizomi buzilishiga yo‘l qo‘yganliklari uchun 5 nafar mansabdor shaxsga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, ta’kidlashimiz joizki, Davlat Rahbarining topshiriqlarini har tomonlama va sifatli, o‘z muddatida ijrosini ta’minlash masalasi har bir rahbar, ta’bir joiz bo‘lsa har bir davlat xizmatchisining eng ustuvor vazifasi hisoblanadi.