Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

HAR BIR MUROJAAT E'TIBORDA!


Xonqa tumani, “Nurafshon” mahallasi da yashovchi fuqaro D.Matniyazovning tuman Xalq ta'limi bo'limi tomonidan har oylik ustama miqdori to'lanmayotganligidan norozi bo'lib yozgan murojaat tuman adliya tomonidan ko'rib chiqildi.
Aniqlanishicha, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonining 7-band, g-kichik bandida, davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va 
rivojlantirishga mas'ul bo'lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda belgilanishi ko'rsatilgan.
Biroq, Xonqa tuman xalq ta'limi bo'limida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish sho''basining bosh mutaxassisi D.Matniyazovga mazkur Farmon talablari asosida 
2021-yilning yanvar oyiga qadar ustama to'langan va 2021 yilning fevral oyidan ustama to'lanishi to'xtatilgan.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman adliya bo'limi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo'limiga taqdimnoma kiritilib, kiritilgan taqdimnomaga asosan D.Matniyazovning lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo'lmagan miqdorda ustama 2021-yilning fevral` oyidan  murojaat qilgan davriga, ya'ni iyul oyiga qadar, qayta hisoblanib 11 million 213 ming 742 so'm pul mablag'i to'lab berilishi ta'minlandi.