Янгиликлар
24
“Mahallabay” ishlash tizimini samarali tashkil qilish yuzasidan seminar-trening boshlandi!
Xorazm viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining viloyat filiali hamda Urganch davlat universiteti tomonidan mahallalarda ishlaydigan hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, “Mahallabay” ishlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish masalalariga bagʻishlangan seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish borasida hokim yordamchilari oldida turgan vazifalar xususida toʻxtaldi. Seminar-trening mashgʻulotlari 27-noyabrgacha davom etadi.