Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

FUQАRO FOYDАSIGА KOMPENSАTSIYA PULI UNDIRILISHI TА'MINLАNDI!


Urganch tuman adliya boʼlimi tomonidan tumandagi Chakkasholikor qishlogʼi, Shermatlar mahallasi, Yoshlik koʼchasi, 10-uyda yashovchi fuqaro Otajanova Marxabo Rajabovnaning “Urganch buyuma bozori” MChJ hududida joylashgan 197-sonli doʼkoni 2016 yilda tuman hokimligi tomonidan buzib tashlanganligi va kompensatsiya pullari toʼlanmaganligidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, tuman hokimligi tomonidan fuqaro M.Otajanovaning 197-sonli doʼkonining buzilishi masalasida kompensatsiya turi va miqdori yuzasidan kelishuv shartnomasi tuzilmasdan tuman hokimining 2016-yil 24-fevraldagi 337q-sonli qaroriga asosan umumiy yer maydoni 21,07 kv metr boʼlgan ushbu doʼkon binosi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun buzib olinib, doʼkon binosi uchun kompensatsiya puli berilmagan. 
Natijada, tuman hokimligining ushbu xarakatlari bir qator normativ-huquqiy hujjatlarga zid boʼlganligi sababli, Urganch tuman adliya boʼlimi tomonidan fuqaro M.Otajanovaning manfaatini koʼzlab Fuqarolik ishlari boʼyicha Urganch tumanlararo sudiga daʼvo ariza kiritilib, tuman hokimligidan fuqaro M.Otajanova foydasiga 17 460 641 soʼm kompensatsiya puli undirish toʼgʼrisida sudning hal qiluv qaroriga qabul qilindi.