Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

FUQАRO ISH BILАN TА'MINLАNDI!


Yangibozor tuman adliya boʼlimi tomonidan joriy yilning 4-noyabr kunida oʼtkazilgan sayyor qabul jarayonida tumanning Navbahor mahallasida yashovchi fuqaro M.Komiljonova ish bilan taʼminlanish masalasida amaliy yordam berishni soʼrab qilgan murojaati boʼlim ish yurituviga olinib oʼrganib chiqildi.
Oʼrganish davomida murojaat muallifini Oʼzbekiston Respublikasining “Аholi bandligi toʼgʼrisida”gi Qonuniga asosan, ish bilan taʼminlash yoki ishsizlik nafaqasi toʼlanishini vakolat doirasida koʼrib chiqish yuzasidan tuman aholi bandligiga koʼmaklashish markaziga tegishli koʼrsatma xati chiqarilidi.
Koʼrsatma xatiga asosan, markaz xodimlari tomonidan murojaat muallifiga tumandagi boʼsh ish oʼrinlari tanishtirilib, Navbahor mahallasida mehnat inspektori yordamchisi vazifasi taklif qilingan (oylik maoshi bir million ikki yuz oʼttiz uch ming soʼm miqdorida) boʼsh ish oʼrni fuqaro M.Komiljonovaga maʼqul kelganligi bois yoʼllanma berilishi taʼminlandi.
Tegishli yoʼllanmaga asosan, fuqaro M.Komiljonovani ishga qabul qilish yuzasidan Navbahor mahalla fuqarolar yigʼini raisining 2021 yil 08-noyabrdagi 8-sonli buyrugʼi rasmiylashtirildi.
Тегишли йўлланмага асосан, фуқаро М.Комилжоновани ишга қабул қилиш юзасидан Навбаҳор маҳалла фуқаролар йиғини раисининг 2021 йил 08-ноябрдаги 8-сонли буйруғи расмийлаштирилди.