Янгиликлар
19
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʼlimi va tuman (shahar) boʼlinmalari xodimlari uchun oʼquv-seminar tashkil etildi!
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi Yoshlar mehmonxonasida Oʼzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat boʼlimi va tuman (shahar) boʼlinmalarida faoliyat yurituvchi katta hisobchi va iqtisodchilar malakasini oshirish maqsadida oʼquv-seminarlari tashkil etildi.
Tadbir davomida viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari fond Nizomiga kiritilgan oʼzgarishlar, yillik topshirilishi lozim boʼlgan hisobotlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʼyicha qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, muammoli holatlar boʼyicha bildirilgan savollarga javoblar berildi.