Янгиликлар
17
Bayrogʼim gʼururim
Mamlakatimizda faxr bilan nishonlanadigan bir qator bayram kunlari eʼlon qilingan boʼlib, shular orasida mustaqillik,ozodlik va hurlik timsoli hisoblangan vatanimiz bayrogʼi qabul qilingan kun 18 noyabr alohida ahamiyat kasb etuvchi bayram sifatida nishonlanadi.Oʼzbekiston Respublikasining davlat bayrogʼi 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan boʼlib, bu yil davlatimiz bayrogʼi qabul qilinganligining 30 yilligini katta tantanasini nishonlaymiz.
Milliy bayrogʼimiz davlat va jamiyat hayoti, uning jahon hamjamiyatidagi oʼrni hamda rolini koʼrsatishda muhim ahamiyatga ega boʼlib, har birimiz uchun iftixor timsoli hisoblanadi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumi bilan hamkorlikda Urganch Davlat Universitetida Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Bayrogʼim_gʼururim” mavzusida targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbir davomida davlat bayrogʼining yaratilish tarixi, davlat ramzlaridan biri sifatidagi ahamiyati toʼgʼrisida fikr-mulohazalar yuritilib, “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati talaba yoshlarga batafsil tushuntirildi.