Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

3 АVLOD VАKILLАRI BILАN UCHRАSHUV!


Joriy yilning 12 oktyabr kuni Urganch Davlat Universitetida Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Faxriylar Kengashi tomonidan Urganch Davlat Universiteti hamda Xorazm viloyat yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv oʼtkazildi. 
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga mamlakatimizda yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, kasb-hunarni egallashi va oliy oʼquv yurtlariga qamrab olish boʼyicha amalga oshirilayotgan islohatlar haqida maʼlumot berildi.
Shu bilan bir qatorda, Аdliya vazirligi fahriylari oʼzlarining umr va mehnat yoʼli, tajribalari va maslahatlarini yoshlar bilan boʼlishdilar.
Uchrashuvda yoshlarga haqiqatdan ham bu insonlarning hayot va mehnat yoʼli har birimiz uchun katta maktab, har bir maslahati, tajribasi biz uchun takrorlanmaydigan saboq ekanligi, oʼquvchi yoshlar uchrashuvdan unumli foydalangan holda oʼzlarini qiziqtirgan savollariga, fikr-mulohazalarini bildirishligi mumkinligi taʼkidlab oʼtildi.
Shundan soʼng, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi Faxriylar Kengashi aʼzolari tomonidan ijtimoiy himoyaga muxtoj oʼquvchi va talaba yoshlarga oʼzlarining sovgʼalarini topshirishdi.
Umuman olganda 3 avlod vakillari yigʼilgan ushbu uchrashuv savol-javoblarga boy va koʼtarinki ruhda oʼtkazildi.
Uchrashuv soʼngida Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tadbir ishtirokchilari faxriylarga tashrif uchun, yoshlarga qaratilgan eʼtibor va bergan maʼlumotlar uchun oʼz minnatdorchiliklarini bildirdilar.