Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

HАR BIR MUROJААT E'TIBORDА!


Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “Gidroinshoatqurilish” qurilish xususiy korxonasi rahbari H.Аllaberganovning viloyat DSI tomonidan oʼtkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasi boʼyicha qoʼshilgan qiymat soligʼi hisoblanishidan norozi boʼlib qilgan murojaati koʼrib chiqildi.
Аniqlanishicha, Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan xususiy korxonada 2020 yil yanvar-dekabr va 2021 yil yanvar oyi davomida qoʼshilgan qiymat soligʼi toʼgʼri xisoblanishi yuzasidan oʼtkazilgan kameral soliq tekshiruvida soliq toʼlamaslik xavfi yuqori boʼlgan kontragentlar “CITY GREAT-TOWER” va “ZAMIN-OLCHAZOR” MChJlar bilan jami 188.000.000 soʼmlik, shu jumladan qoʼshilgan qiymat soligʼi summasi 24.521.739,18 soʼm boʼlgan bitim tuzilganligi aniqlanib, shu miqdorda qoʼshilgan qiymat soligʼi hisoblangan.
Oʼrganishda viloyat soliq boshqarmasi tomonidan korxonaga hisoblangan 24.521.739,18 soʼm qoʼshilgan qiymat soligʼi hisoblanishida Soliq kodeksi talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanib, maʼmuriy sudning 2021 yil 27 sentyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan 2021 yil 27 apreldagi kameral soliq tekshiruvida aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir qilganligi uchun javobgarlikka tortish toʼgʼrisidagi qarori haqiqiy emas deb topildi.