Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Аdliya vazirligining ishchi guruhi Xorazm viloyatida aholi va tadbirkorlik subʼektlarining muammolarini joylarga chiqqan holda oʼrganmoqda!


Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi xodimlaridan iborat tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 2021 yil 16 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumaniga tashrif buyurib, tuman aholisi, tadbirkorlik subʼektlari va davlat tashkilotlari xodimlari bilan bevosita joylarga chiqqan holda uchrashuvlar oʼtkazildi.
Xususan, Ishchi guruhi tomonidan Xonqa tumanidagi “Katta jirmiz” qishlogʼi “Katta kuch” MFY mahallasiga borilgan xolda mahalla raisi bilan uchrashuv oʼtkazildi hamda uchrashuv davomida mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan muammolar va takliflar muhokama qilindi. Mahalladagi “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Аyollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar va ularning muammolarining yechimlari boʼyicha suhbatlashildi.
Bundan tashqari, Ishchi guruhi “Obod qishloq” dasturi boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlarni oʼrganish maqsadida mahallaning infratuzilma obʼektlari , jumladan, ¬yoʼl, elektr, gaz, ichimlik suvi bilan taʼminlash ahvoli koʼrib chiqildi hamda MFYning yangi maʼmuriy binosi hamda 21-son umumtaʼlim maktabida boʼlib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shu bilan birga, Ishchi guruh tumandagi “Farxod Matqurboniy” fermer xoʼjaligida boʼlib, fermer xoʼjaligi faoliyatidagi mavjud muammolar, kamchiliklar oʼrganilib, xoʼjalik rahbari tomonidan bildirilgan takliflar va muammolarning huquqiy yechimi koʼrib chiqildi. 
Ishchi guruhining Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda.