Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Sayyor davlat xizmatlari


Hududlarda aholiga qulaylik yaratish maqsadida mutaxassislar tomonidan viloyatimizning barcha tuman (shahar)larida muntazam ravishda mobil xizmatlar ko'rsatilib, targ'ibot tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
Joriy yilning 23-24-iyul kunlari davomida adliya bo'limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan viloyatning Hazorasp, Qo'shko'pir, Tuproqqal’a, Xonqa, Urganch, Xiva tumanlarida hamda Urganch shahridagi yirik bozor va savdo majmualarida sayyor davlat xizmatlari ko'rsatilib, fuqarolarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi. 
Tadbirlar davomida 70 dan ziyod davlat xizmatlari ko'rsatildi, shundan 20 ga yaqin fuqarolar tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, 50 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda 200 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.