Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

SAYYOR QABULLAR


Joriy yilning 2,3,6-iyun kunlari Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i, o`rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Xiva va Urganch shaharlari hamda Xiva, Xonqa, Gurlan, Qo`shko`pir, Yangibozor tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar bo`lib o`tdi.
Sayyor qabullar,  “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar va boshqa qonunchilikdagi yangiliklarni keng aholiga  yetkazish bilan boshlandi.
 Qabullarda, 400 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, 300 dan ortiq murojaatlar tinglandi,  aksariyat murojaatlar joyida hal qilishga qaratildi, 100 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko`rsatildi, shuningdek bo`lib o`tgan mehnat yarmarkasida 11 nafar fuqarolar ish bilan ta’minlandi, oʻrganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.
Barcha tadbir ishtirokchilariga  koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari  tarqatildi.