Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

ADLIY SAYLI YANGIARIQ TUMANIDA


Sayyor qabullarda 25 nafar fuqaroning murojaati qabul qilinib, 15 nafar fuqaroning murojaati joyida hal qilindi.

Sayyor davlat xizmatlari sohasida:tadbirkorlik subyektlari davlat ro`yxatidan o`tkazish, elektron raqamli imzo berilishi, bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo`yish, obyektni foydalanishga qabul qilish, nafaqa va moddiy yordam tayinlash, nogironlikni belgilash va arxiv ma’lumotlarini olish va boshqa xizmatlar bo`yicha 1000 ga yaqin davlat xizmatlari ko`rsatildi.

Shuningdek, Sayil davomida 1 ta sayyor fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi tomonidan sayyor nikohdan o`tkazish tadbiri o`tkazildi.

Notariat, advokatura, bank xizmatlari bo`yicha 50 dan ortiq huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Tibbiy ko`rik o`tkazish bo`yicha: 500 dan ortiq fuqarolar tibbiy ko`rikdan o`tkazildi.

Bo`sh ish o`rinlari yarmarkasida:56 ta korxona tashkilotlardan jami 291 ta bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok qilindi hamda .Yarmarkada 365 nafar fuqaro qatnashib 6 nafari doimiy ish o`rni bilan ta’minlandi.

Huquqiy targ`ibot sohasida Xorazm viloyat yuridik texnikumi talabalari va volontyorlar tomonidan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan 1000 dan ortiq buklet va flayerlar tarqatildi.