Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Sog`liqni saqlash va ta'lim sohasi xodimlari bilan uchrashuv tashkil qilindi


Joriy yilning 29-mart kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig`ining o`rinbosari I.Nazarov hamda Urganch tuman adliya bo`limi xodimlari tomonidan “Sog`liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Urganch tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari hamda tumandagi 11-sonli umumiy o`rta ta’lim maktabi o`qituvchilari uchun sayyor qabul o`tkazildi.
 Ushbu tadbirda sog`liqni saqlash va ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikdagi imtiyozlar bo`yicha tushuntirishlar berilib, xodimlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.  
Sayyor qabul davomida, tibbiyot sohasi xodimlari va o`qituvchilar tomonidan bildirilgan muammoli masalalar, ya’ni ish haqining o`z vaqtida to`lanishi, sanatoriyalarga yo`llanma berilishi, mehnatga haq to`lash bo`yicha razryadlar belgilanishi, ustamalar hamda dam olish va bayram kunlari ishga jalb qilinganligi uchun 2 hissa miqdorida ish haqi to`lanishi, imtiyozli kredit va soliq imtiyozlari kabi 20 dan ortiq masalalar bo`yicha murojaatlar shuningdek, tadbirda tibbiyot xodimlariga qulaylik yaratish, ayniqsa, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo`yicha bildirilgan 4 ta taklif ko`rib chiqish uchun qabul qilindi.