Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

“MONITORINGDA ANIQLANGAN NOQONUNIY QARORLAR BEKOR QILINDI”!


Urganch shahar adliya bo‘limi tomonidan Urganch shahar hokimligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmon talablariga rioya qilinishi ahvoli “E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring qilindi. 
O‘tkazilgan monitoringda hokimlik tomonidan ushbu Farmon talablariga rioya qilinmagan holda 35 ta fuqarolarga er uchastkalari ajratib berish to‘g‘risidagi qarorlari bekor qilinib davlat yer zahirasiga qaytarilganlik holatlari aniqlandi. 
Monitoring natijasiga ko‘ra Urganch tumanlararo ma’muriy sudiga hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqida da’vo arizalari kiritilib, shahar hokimining yer uchastkalarini davlat zahirasiga qaytarish to‘g‘risidagi 35 ta qarorlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori chiqarildi va qonunga zid bo’lgan qarorlarni bekor qilinishi ta’minlandi.