Bog'lanish

Telefon
(+998 62) 226-05-37

Elektron manzil
xorazm@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

She’r: “Adliyam”


Qonunlarning posboni
Ishonch, umid makoni
O'zbekiston qalqoni
O'zbek milliy adliyam
Shonli ulug' adliyam.

 O'ttizga to'lmish yoshing
Omon bo'lsin yosh boshing
Sharaflidir bardoshing 
O'zbek milliy adliyam
Shonli ulug' adliyam.

 Qo'l cho'zasan ko'makka
Har bir qalbga , yurakka
Maslakdoshsan sen elga
O'zbek milliy adliyam
Shonli ulug' adliyam.

 Adolatlik qozisi
Jonkuyar , xalq rozisi
Kuch adolatda deysan
Xalqning g'amini yeysan.
O'zbek milliy adliyam

 Huquq muhofazasi 
Ichra bo'lak o'rning bor,
Har dam unvon olasan
Bilmam qanday siring bor
O'zbek milliy adliyam.

 Yosh avlodga otasan
To'g'ri yo'lga tortasan.
Faqat olg'a boqasan
O'zbek milliy adliyam
Shonli ulug' adliyam.

 O'zbekiston ahliga 
Yetkazarsan yosh kadr
Yuristlarning sarasi 
Bilim yurtingda axir.
O'zbek milliy adliyam

 Farzandlaringa bosh bo'l !
Har tarafdan quyosh bo'l !
Haq yo'lida fido bo'l.
O'zbek milliy adliyam ,
Shonli ulug'adliyam.

 Raximova Muhayyo
Xorazm viloyati 
yuridik texnikumi o`quvchisi